Nov 18, 2015

Keyingi yilda bilakdan klaviatura sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi

Yaponiyaning yirik elektronika kompaniyasi NEC bilagingizda sun’iy reallik klaviaturasini paydo qiladigan gadjet loyihasini taqdim etdi. Ushbu gadjet qo‘lga taqiladi va u hosil qilgan klaviaturani ko‘rish uchun maxsus ko‘zoynak kerak bo‘ladi.
Klaviatura bilakda paydo bo‘lgach, ko‘zoynak yordamida uni ko‘ra olasiz. Uning tugmalarini bosganingizda esa ko‘zoynak barmog‘ingizning koordinata nuqtalarini aniqlab, bosilgan tugma qaysi ekanligini bila oladi.
Shuningdek, gadjetning ARmKeypad deb nomlangan operatsion tizimi ovozni aniqlash va qo‘lni islatmasdan foydalanish imkoni ham beradi. Kompaniya keyingi yilda ushbu “bilak klaviatura”sini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

No comments: