Nov 30, 2015

Facebook Messenger smartfoningizdan do‘stingiz suratini aniqlaydi va uni jo‘natishni tavsiya qiladi

Facebook Messenger’ida smartfon yoki planshetingizdagi suratlar orasidan do‘stingiz suratini aniqlash va uni do‘stingiz bilan bo‘lishishga tavsiya qilish funksiyasi — Photo Magic paydo bo‘ladi.
Hozirda ushbu xizmat avstraliyalik tarmoq foydalanuvchilari yordamida sinovdan o‘tkazilmoqda va yaqin orada AQShlik foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Keyinchalik esa, bu funksiyadan butun dunyodagi Facebook a’zolari foydalanishi mumkin bo‘lishitaxmin qilinmoqda.
Photo Magic funksiyasi suratdan yuzni aniqlash texnologiyasi yordamida ishlaydi va shu paytgacha Facebook bu texnologiyadan tarmoqqa yuklangan suratlarda do‘stlarni belgilashni osonlashtirish uchun foydalanib kelmoqda.
Facebook’ning ma’lum qilishicha, bu funksiya do‘stlar o‘rtasida suhbat boshlanishi uchun sabab bo‘ladi.
Photo Magic funksiyasini messenjerdan yoqish yoki o‘chirish mumkin bo‘ladi. U maxsus algortim yordamida faqatgina suratlardan do‘stingizni izlaydi va topilgan suratni do‘stingizga jo‘natishni tavsiya qiladi. Shundan so‘ng, ruxsat bersangizgina surat do‘stingizga jo‘natiladi.
Agar Facebook suratlarda sizning yuzingizni izlamasligini va unda do‘stlaringiz sizni belgilamasligini yoki Photo Magic funksiyasi taqdim etilgach, uning yordamida sizga surat jo‘natmasliklarini istasangiz, tarmoqning ushbu sozlashlar bo‘limida bu xizmatni o‘chirib qo‘yishingiz ham mumkin.

No comments: