Nov 18, 2015

Ford avtomobillarini masofadan turib ishga tushirish, qulflash va ochish uchun mobil ilova taqdim etadi

Ford avtomobillari uchun ularni masofadan turib ishga tushirish, eshiklarini qulflash va ochish imkonini beradigan maxsus mobil dasturni taqdim etishi haqida e’lon qildi.
U Sync Connect deb nomlanib, xuddi Tesla kompaniyasining elektromobillarida mavjud mobil ilovaga o‘xshaydi. Bunday imkoniyatga esa 2017-yilda sotuvga chiqadigan Ford Escape avtomobillari ega bo‘ladi.
Biroq bu ushbu mobil dastur haqida barcha ma’lumot emas. Shuningdek, uning yordamida GPS orqali avtomobil yoqilg‘isi qancha qolgani, moy miqdori, akkumulyatori quvvati va g‘ildiraklari bosimini tekshirish mumkin. Avtomobil masofadan turib ishga tushirilsa ham, uni haydash uchun kalit kerak bo‘ladi.

No comments: