Nov 18, 2015

Fikringizni o‘qib, sizga yoqadigan kiyimni tanlab beradigan texnologiya ishlab chiqildi

Kiyim do‘koniga kirib, qaysi birini tanlashni bilmay qolgan paytingiz bo‘lganmi? Shunday paytlarda fikringizni o‘qib, sizga yoqadigan kiyimni tanlab beradigan texnologiya ishlab chiqildi.
7-oktabr kuni Yaponiyaning Uniqlo brendi Avstraliyadagi do‘konida ushbu texnologiyani yo‘lga qo‘ydi, deb xabar beradiMashable nashri.
Texnologiya UMood deb nomlanib, uning maxsus qurilmasi boshga kiyiladi va haridorga bir necha soniyali video qo‘yib beriladi. Qurilma esa inson miyasidan besh narsani — qiziqish, yoqtirish, konsentratsiya (aralashtirish), stress va hayolni hisoblab, do‘kondagi mos kiyimlarni chiqarib beradi.
Ushbu texnologiya yaponiya kompaniyasi Dentsu ScienceJam tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning fikrlarni o‘qiydigan biosensori esa NeuroSky tomonidan taqdim etilgan.

No comments: