Aug 15, 2015

UMS O‘zbekistonda HSPA+ texnologiyasini ishga tushirdi

UMS mobil aloqa operatori Toshkent shahrida HSPA+ texnologiyasini muvaffaqiyatli ishga tushirgach, jadal internet xaritasini kengaytirdi. Endi operatorning 3G tarmog‘iga ega bo‘lgan O‘zbekistonning barcha mintaqalari unga ulandi.
hspaYangilik abonentlarda qiziqish uyg‘otdi va bu qiziqish aslo so‘nmayapti. Shu bois, UMS kompaniyasi mazkur texnologiya haqida eng ko‘p tushayotgan savollarga javob beradi.
HSPA+o‘zi nima?
Bu mobil aloqa standarti bo‘lib, ko‘pincha 3,75G yoki 3G+ deb ataladi. U ma’lumotlar jo‘natilishini maqbullashtirish, tarmoqlarning o‘tkazish qobiliyati va sig‘imini oshirish uchun xizmat qiladi. Bunda bitta UMTS chastotasi o‘rniga ikkita chastota ishlatiladi, natijada tayanch stansiya bilan abonentning mobil telefoni orasida ma’lumot to‘plamlarini almashish samaradorligi ikki baravar ortadi.
Mobil internettezligi qanchaliko‘zgardi?
Tegishlicha, erishish mumkin bo‘lgan eng katta tezlik ham ikki baravar oshdi. HSPA+ texnologiyasi joriy etilishi O‘zbekiston mintaqalarida eng katta tezlikni sekundiga 21 megabitga yetkazish imkonini berdi. Yirik shaharda tezlikni shaxsiy testdan o‘tkazish natijasi 2—7 Mb/s bo‘lishi abonent uchun norma hisoblanadi. Lekin ko‘p narsa abonent qayerda turganiga, tarmoqning texnik parametrlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli bundanda kattaroq ko‘rsatkichlar kuzatilishi mumkin.
HSPA+’ning nima foydasi bor?
Birinchi navbatda, mobil internet faol sessiyalarining sifati oshadi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar multimediali kontent bilan birga taxminan uchdan bir baravar tezroq yuklanadi. Onlayn video va oqimli ko‘rsatuvlar tomosha qilinayotganda yuklanish sekinlashib, uzoq vaqt kutib qolishlar bo‘lmaydi. Tarmoqda kechikishlar hamda bir servisdan boshqasiga ulanish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqargani sababli, doimiy sinxronlashuvni talab qiladigan onlayn o‘yinlarni o‘ynash osonlashdi. Internet fonli rejimda ishlayotganda tarmoq ilovalari, masalan Facebook yoki “Odnoklassniki”dan xabarlar kelishi endi kechikmaydi, internet bilan doimiy aloqa tuyg‘usi paydo bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz

No comments: