Aug 15, 2015

Samsung Galaxy S6 Edge+ va Note 5 flagman smartfonlarini taqdim etdi

Samsung Galaxy S6 Edge+ va Note 5 flagman smartfonlarini taqdim etdi, deb xabar beradi Meduza. Ularning har ikkisi to‘rt gigabaytlik tezkor xotira, Exynos yangi protsessori, uch ming miliamperlik batareya va diagonali 5,7 dyuym bo‘lgan ekranga ega. Galaxy S6 Edge+ smartfoni deyarli avvalgi Galaxy S6 Edge smartfonining nusxasi hisoblansa-da, uning ekrani kattalashtirilgan. Yangi modelning ekrani ham egikdir. Note 5 esa Galaxy S6 Edge+ smartfonidan stilusning mavjudligi bilan farqlanadi. Bundan tashqari, Samsung o‘zining Samsung Pay to‘lov xizmatini taqdim etdi. Manba: daryo.uz

No comments: