Aug 19, 2015

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari natijalari 20-avgustda e’lon qilinadi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari 20-avgust kuni e’lon qilinadi. Bu haqda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Markaz vakillarining ma’lum qilishicha, davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan natijalar hozirgi vaqtda mamlakat oliy ta’lim muassasalariga yuborilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar imtihon natijalarini OTMga bormasdan — DTM saytida (20-avgustdan boshlab), SMS orqali (Ucell va UZMOBILE abonentlari), Click tizimi, shuningdek Telegram ilova-dasturi yordamida (kontaktlar ro‘yxatiga @DTMbot yoki @DTMrobot robotini qo‘shish va yo‘riqnomaga rioya etish kerak) bilishlari mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan usullarning, DTM saytidan tashqari qolgan bari pullik xizmatlardir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda bakalavr bosqichi uchun 57,9 ming talaba o‘qishga qabul qilinadi, OTMlarga o‘qishga kirish uchun 605,8 ming abituriyent ariza topshirgan.

No comments: