Aug 21, 2015

Samsung o‘zining flagman smartfonlarini iPhone egalariga bepul tarqatadi


Samsung kompaniyasi yangi flagman smartfonlarini Apple mobil qurilmalari egalariga bepul tarqatish niyatida ekanligini e’lon qildi. Bu haqda “ Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Cnet nashrining qayd etishicha, bunda gap smartfondan 30 kun davomida vaqtincha foydalanish haqida bormoqda. Bu vaqt davomida foydalanuvchilar Galaxy S6 Edge+ va Galaxy Note 5 qurilmalari bilan tanishib, ularga baho berishlari kerak bo‘ladi.
Mazkur aksiya, asosan, iPhone egalari uchun mo‘ljallangan. Yangi smartfonlarni sinovdan o‘tkazish jarayonida qatnashish uchun Samsung’ning rasmiy saytida onlayn-ariza topshirish zarur.
Samsung’ning flagman qurilmalarini sinovdan o‘tkazish dasturi hozircha faqat AQSh hududida amalda bo‘lib, unda ishtirok etish qiymati 1 dollarga teng. Agar sinov davrida foydalanuvchi smartfonga zarar yetkazsa, yetkazilgan zararni Samsung’ga qoplab beradi.

No comments: