Aug 15, 2015

UMS O‘zbekistonda HSPA+ texnologiyasini ishga tushirdi

UMS mobil aloqa operatori Toshkent shahrida HSPA+ texnologiyasini muvaffaqiyatli ishga tushirgach, jadal internet xaritasini kengaytirdi.

Abiturientlarga OMAD!

Test natijalarini  DTM.UZ saytida bilib olishingiz

Ummon - Tola (lyric)

Yuzta toladan qoldi bir tola,
Qolgani bo’ldi kul yona-yona.
Tushunmoqdamisan, yana qoldi oz?
So’zlarimga etibor ber biroz.

Yuzta toladan qoldi bir tola,
Qolgani bo’ldi kul yona-yona.
Tushunmoqdamisan, yana qoldi oz?
So’zlarimga etibor ber biroz.

Qoldi so’nggi tola,
Bizni bog’lab turgan tola.
Deyarli to’ldi sabr,
Qara, ko’ngillar jar yoqasida.

Qoldi so’nggi tola,
Bizni bog’lab turgan tola.
Deyarli to’ldi sabr,
Qara, turibmiz jar yoqasida.

Yuzta qadamdan qoldi bir qadam,
Qadamlar ortida to’la alam.
Alamlar ustida sening izing,
Ishonchimning ustidan bosib kelding.

Oxir baribir uzilib ketdi so’nggi tola,
Nahotki, yuragingga yetib bormadi ichimdagi nola?
Qosh ko’zlari qora, yuragimdagi yagona,
Sabr to’ldi yolvora.

Borgan sari ko’payib ketdi, sendagi bu yurishlar,
Hayotingga yana qo’shilib ketdi kimlar?
Gar kun kelib sog’insang,
Sen meni emas, men senga aytgan so’zlarimni esla,

Qoldi so’nggi tola,
Bizni bog’lab turgan tola.
Deyarli to’ldi sabr,
Qara, ko’ngillar jar yoqasida.

Qoldi so’nggi tola,
Bizni bog’lab turgan tola.
Deyarli to’ldi sabr,
Qara, turibmiz jar yoqasida.



Aug 13, 2015

O’zbekistonim bilan faxrlanishimga 101 sabab 1. O’zbekiston tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz osoyishta hayot kechirayapti. 2.Vatanimizda ilm-fan ravnaqi uchun yetarli sharoit bor. 3.Hukumatimiz yoshlarga g’amxo’r. 4.Xalqimiz madaniyati butun dunyoga o’rnak bo’lgudek. 5.Xalqiga nisbatan mehr tafti quyoshga teng yurtboshimiz bor. 6.Bugun O’zbekistonni butun dunyo taniydi. 7.Yurtimizda inson manfaatlari birinchi o’rinda turadi. 8.Dunyoga mashxur allomalar shu zaminda tug’ilib, kamol topishgan. 9.Xalqimizning sahiyligi cheksiz. 10.O’zligimiz va milliy g’ururimizni tiklab olgan xalqmiz. 11.Xalqaro musobaqalarda g’olib bo’lib kelayotgan sportchilarimiz bor. 12.Hukumatimiz xususiy tadbirkorlik rivoji uchun g’amxo’rlik qiladi. 13.“O’rta Osiyoda yagona” deyiladigan ko’p narsalar aynan bizda. 14.Bobolarimizning ilmiy meroslarini hozirgi kunda butun jahon o’rganayapti. 15.O’zbekiston xalqi bir oiladek ahillikda hayot kechirayapti. 16.Yoshlarimizning ilm olishlari uchun hamma sharoitlar mavjud. 17.Dunyoga taniqli olimlarimiz bor. 18.Xalqimiz xashar yo’li bilan bir-birlariga yordam berishadi. 19.Bizda kattalarga xurmat, kichiklarga izzat tushunchalari yuqori baholanadi. 20.Jamiyatimizda qonun ustuvor. 21.Vatanimizda ta’lim va tibbiyot tizimlari a’lo darajada tashkil etilgan. 22.Xalqimiz mehmondo’st. 23.Ming yillik qadriyatlarimiz hali ham barhayot. 24.Yurtimizning yetti iqlimda topilmas tabiati bor. 25.Islom dunyosiga taniqli Buxoriy, Termiziy kabi bobolarimiz bor. 26.O’rta Osiyodagi eng ko’p tarixiy obidalar Vatanimizda joylashgan. 27.Yurtimizda yilning to’rt fasli o’ziga xos o’tadi. 28.Har bir viloyatimizning o’z qadriyatlari, alohida afzalliklari bor. 29.O’zbekiston dunyoga mashxur o’zbek kurashining Vatani hisoblanadi. 30.Mevalarga boy bog’larimiz, serhosil dalalarimiz, shifobaxsh tabiatimiz bor. 31.Oziq-ovqat mahsulotlarimizning deyarli barchasi o’zimizda ishlab chiqariladi. 32.Tarixi mingyilliklarga borib taqaladigan shaharlarimiz, qishloqlarimiz bor. 33.O’zbek xalqi “bolam uchun” deb yashaydi. 34.O’zimizning milliy qo’shiqchilik, kino va san’at yo’nalishlarimiz bor. 35.Dunyoning boshqa hech bir yerida topilmas milliy taomlarimiz bor. 36.Bizda ustozni otadek ulug’ bilishadi. 37.Milliy professional armiyamiz bor. 38.“Nuqta UZ” domenimiz bor. 39.Vatanimizda onalik va bolalik, keksalar va faxriylar doim e’zozda. 40.Yurtimizda zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayapti. 41.O’rta Osiyo xalqlarini birlashtira olgan sarkarda Amir Temur – bizning vatandoshimiz. 42.Bizda sportning barcha turlari rivojlanib borayapti. 43.O’quvchilarimiz birinchi sinfdanoq chet tillarini o’rganishmoqda. 44.Milliy televideniyamiz yaxshi rivojlangan. 45.Mashinasozlik sohasida ildam qadam tashlayapmiz. 46.Xorijlik sayyohlar havas bilan boqadigan imoratlarimiz bor. 47.Milliy bayroq, gerb va madhiyamiz bor. 48.Bizda ilm-fan yetakchilari yuksak qadrlanadi. 49.Vatanimiz kelajagi bo’lgan yoshlarning barchasi ilm olishni xohlaydi. 50.Yurtimizda ustozlar yuksak darajada qadrlanadi. 51.Vatanimiz ravnaqi uchun hissa qo’shgan har bir soha vakili uchun yuksak davlat mukofoti bor. 52.Davlatimiz chegaralari mustahkam. 53.Yurtimizda infobiznes, onlayn marketing, internet tijorat kabi yangi sohalar rivojlanayapti. 54.Har bir viloyatimizda yangidan-yangi zamonaviy binolar qurilayapti. 55.Hukumatimiz yosh oilalar farovonligi uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib bergan. 56.Farovon hayotimiz, tinch osmonimizga to’ylar, bayramlar yarashadi. 57.Jaloliddin Manguberdi kabi dovyurak askarlarimiz bor. 58.Dunyoga mashxur o’quv dargohlari, Markaziy Osiyoda yagona bilim yurtlari bizda joylashgan. 59.Yurtimizda xalq salomatligi hukumatimizning oliy maqsadlaridan biri. 60.Farzandlarimizning ilm olishlariga bog’chalardan boshlab e’tibor beriladi. 61.Bizda har qanday ezgu g’oya qo’llab quvvatlanadi. 62.Serma’no maqollarimiz, boy xalq og’zaki ijodimiz bor. 63.Bozorlarimizdagi deyarli barcha mahsulotlarda “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig’i bor. 64.Ta’lim tizimimizga dunyoning rivojlangan mamlakatlari yuksak baho berishgan. 65.Xalqimizda “maslahat”, “xashar”, “to’yona”, “rag’bat” kabi qadriyatlar bor. 66.Xalqimiz urush, vayronkorlik va buzg’unchilikni qoralab, tinchlik va hamjihatlikni qo’llab-quvvatlaydi. 67.Siyosiy, ta’lim va tibbiyot tizimlarimiz dunyo standartlariga mos. 68.Xalqimiz kattaga xurmat, kichikka izzat bilan munosabatda bo’ladi. 69.Ibn Sino bobomiz asarlari hozirga qadar dunyo tib olimlari tomonidan o’rganiladi. 70.Yurtimiz chaqaloqlari omadli, yoshlari baxtli, keksalari esa yuksak e’zozda. 71.Milliy bank va iqtisod tizimimiz yaxshi rivojlangan. 72.Hech bir davlatda takrorlanmas milliy liboslarimiz bor. 73.Yurtimizda nochor ahvolda yashaydigan birorta ham oila yo’q. 74.Milliy internetimiz tanlovlari bor. 75.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimiz bor. 76.Dunyoga mashxur sportchilarimiz bor.