Feb 2, 2016

Telefon "Yaqin do'stingiz"mi?

TELMANIYATelefoningizni oxirgi marotaba qachon qo'lga oldingiz?
U hozir ham yoningizda, qo'lingizda! Telefoningiz "VIP" tarifidami? Agar shunday bo'lsa bir kunda necha soat qo'lingizdan qo'ymaysiz? Turli smslar, uzundan uzoq telefondagi suhbatlar va sizni aslo zeriktirmaydigan internet kuni bo'yi siz bilan. Qanday maroqli kun to'g'rimi?

Bunday vaziyatda uning zarari haqida o'ylash kimni ham esiga kelardi. Axir shu kungacha biror marta zararini sezmadingiz-ku! Doim sizga ko'makchi bo'ladi. Undan faqat foyda ko'rmoqdasiz. To'gri emasmi? "Ha" deyishga shoshilmang! Shu joyida biroz to'xtalib, uncha uzoq bo'lmagan o'tmishga nazar tashlang. Hisoblab ko'ringchi, necha yildan buyon telefoningiz sizga "yaqin do'st".

Ha unchalik ham uzoq emas. Siz uchun balki katta muddatdir, har xolda bolalikdan do'st bo'lgan odamchalikmas. Bu "do'stingiz" tushmagur sira ham sizga ozor bergisi kelmaydiyey :) Birdaniga yiqitmay, asta-sekin sizni yemirib boradi. Kecha yoki bugun sizga zarar yetkazmayotgan "do'stingiz" yoshingiz o'tgani sari birma-bir xastaliklarni yetaklab kela boshlaydi. 
Xabardor.uz saytida keltirilgan ayrim telefonning zararlari. Insonning:

Yurak-qon-tomir faoliyatiga.

Elektromagnitdan doimiy ravishda nurlanish *aritmiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari u gipertonik kasalliklarga ham sababchi bo‘lishi mumkin ekan.

Endokrin faoliyatga.

Mobil telefonlardan chiqayotgan to‘lqin yog‘lar faoliyatini o‘zgartirib yuborarkan. Bu esa gipofiz va buyrak usti bezlariga zarar keltirib, qondagi adrenalin miqdorini ortiqcha qo‘zg‘atib yuborar ekan.

Asab tizimiga.

Ushbu qurilma miyadagi to‘qimalarga zarar yetkazadi. Mobil telefon qo‘lidan tushmaydigan odamlarda aqliy qobiliyatning tushib ketganligi va uyqudagi bexalovatlik alomatlari kuzatilgan.

Immunitet faoliyatiga.

Elektromagnit maydoni T-limfotsitlarining ishlashiga halaqit beradi.

Yuqorida ayrimlarini sanab o'tdim holos.
Bu hastaliklar ham yana bir zarari oldida hech nima emas. U sizning qimmatbaho vaqtingizni, oltinga teng teng yoshligingizni o'g'irlamoqdaku!
Ayni ta'lim oladigan, bilimlaringizni oshirib kelajak uchun zamin yaratadigan vaqtingizni boy berib qo'ymayapsizmi?
Bu bilan telefon faqat va faqat zarar demoqchi emasman! 
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir latifa esimga tushib qoldi.

Uyimizda chiroq o'chib, bir saot internetim ishlamadi. Fursatdan foydalanib oila a'zolarim bilan choy ichdim. Akam uylanibdi, yaqinda farzandli bo'larkan, ukam maktabni bitiribdi, ota-onam ancha qarishibdi. Negadir buvim ko'rinmaydilar...?!

Achinarli hazil. Kulishni ham yig'lashni ham bilmaysiz.
Siz esa biroz me'yorni unitib qo'ymang.
Telefoningizdan esa oqilona foydalanishni odat qiling. Qo'lingizdagi zamonaviy telefoningiz doimo sizni xursand qiladigan xabarlarni va bilimingizga bilim qo'shadigan to'g'ri ma'lumotlarni olishdan o'zga maqsadda yaratilmaganini aslo unutmang!

No comments: