Dec 4, 2015

Yaponiyada dunyodagi yuviladigan ilk qo‘l telefoni ishlab chiqildi

Yaponiyaning Kyocera kompaniyasi oddiy sovun bilan yuvilishi mumkin bo‘lgan Digno Rafre smartfonini ishlab chiqdi. Bu haqda The Verge portali . yangi tel
Ixtiro mualliflarining ta’kidlashicha, qurilma turli xil vaziyatlarda foydalanishda, hattoki hammomda cho‘milayotganda ham kerak bo‘ladi. Kyocera kompaniyasining ma’lum qilishicha, gadjetning sensor ekrani nam sharoitda ham ishlayveradi. Smartfonning korpusi turli xil shikastlarga qarshi chidamli qilib chiqarilgan. Uni o‘rnatib qo‘yish uchun, telefonga qo‘shimcha ravishda rezinadan yasalgan o‘rdakcha shaklidagi tirkagich sotib olish taklif qilinmoqda.
Qurilma Android 5.1 asosida ishlaydi. U 13 megapikselli kamera va 1280 ga 720 piksel o‘lchamdagi 5 dyumli diagonal ekran bilan jihozlashgan. O‘rnatilgan akkumulyator quvvati 3000 milliamper – soatni tashkil qiladi. Smartfon Yaponiyada 2015-yil 11-dekabrda faqat KDDI operatori tomonidan sotuvga chiqarilib, 57 ming yapon iyenasidan qimmatroq narxda sotiladi. (2015-yil 3-dekabr holatiga O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha taxminan 1 million 254 ming so‘mni tashkil etadi).
Manba: Daryo internet nashri.

No comments: