Dec 7, 2015

Google Now SMSlarni o‘qib beradigan va sizni tinglab, ularga javob yozadigan bo‘ldi

150Google Now ovozli yordamchisi so‘nggi 5 ta SMSni o‘qib bera oladigan bo‘ldi. Buning uchun unga ingliz tilida “show me my last messages” yoki “show me my latest messages” deb so‘rashingiz kerak bo‘ladi va u SMS xabarlarni o‘qiy boshlaydi.
Google Now SMSlarni o‘qishdan avval ovoz chiqarib, eshitishni xohlashingizni va o‘qib bo‘lgach esa javob yozishni istashingizni ham so‘raydi. Agar biror SMSga javob yozishni istasangiz, u sizni tinglaydi va so‘zlaringizni SMS xabar qilib jo‘natadi.
Biroq, Google Now ovozli yordamchisi hali ideal holatda emas. Chunki u barcha tillarda ravon o‘qiy olmaydi hamda sizning so‘zlaringizga “tushunmasligi” va ko‘plab xatolar bilan javob yozib yuborishi mumkin.

No comments: