Sep 18, 2015

Facebook'da endi "Yoqmadi" (dislike) tugmasi paydo bo'ladi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg foydalanuvchilar bilan navbatdagi muloqoti chog‘ida “yoqmadi” (dislike) tugmasini joriy etishga va’da berdi. Bu haqda “ Gazeta.ru” xabar qilmoqda.

Sukerberg ko‘p yillar davomida foydalanuvchilar boshqalarga hurmatsizligini namoyish etishidan xavotir olib, bu yangilikni kiritishdan bosh tortib kelayotgan edi.

Facebook yetakchisining fikriga ko‘ra, “dislike” foydalanuvchilar hamdardliklarini bildirishida yordam berishi ham mumkin ekan. Yangi funksiya yaqin orada sinov tartibida ishga tushiriladi.

Manba: daryo.uz

No comments: